Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Korrupsiyaga qarshi kurashish

Maqsad va vazifalar, ichki hujjatlar, ishonch telefoni

ATB “Biznesni rivojlantirish banki” Boshqaruvi raisi v.b.  Saxi Annaklichevning korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha murojaati

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi v.b.
Saxi Annaklichevning korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha
MUROJAATI

“Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning,
demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir”

Sh. MIRZIYOYEV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Hurmatli yurtdoshlar!

Korrupsiya bu – davlat va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug‘diradigan, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradigan, adolat va qonuniylik tamoyillariga sezilarli darajada zarar yetkazadigan salbiy illatdir.

Shu boisdan korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat va jamiyat, balki har bir fuqaroning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, ushbu yo‘nalishda mustahkam huquqiy baza shakllantirilmoqda. So‘nggi bir yil davomida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan bir necha qonun va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni bunga misol bo‘la oladi. Mazkur Qonun korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga va jazo choralarini kuchaytirishga, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish orqali fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida ham jamoatchilik nazoratini samarali va ta’sirchan tarzda amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan tizim shakllantirildi. Bank tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va xodimlarning kasbiy masʼuliyatini yuksaltirish muhim vazifa qilib qo‘yilgan.

Joriy yilning iyun-iyul oylarida ISO 37001:2025 – “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari – Foydalanish uchun talablar va tavsiyalar” xalqaro standart talablari asosida bankning qarorlar qabul qiluvchi rahbarlari va komplayens xodimlari uchun trening tashkil qilindi.

Trening ishtirokchilari bank faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, xodimlarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish hamda xalqaro ilg‘or tajribalarni kundalik bank amaliyotiga joriy etish bo‘yicha bilim va malakalarini oshirdilar. Qatnashchilar tegishli xalqaro muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishdi.

Bankimizning korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha eng asosiy vazifalaridan biri bu – mijozlarga xizmat ko‘rsatishda inson omilini kamaytirish va raqamlashtirishga qaratilgan ishlar hisoblanadi.

Fursatdan foydalanib yurtdoshlarimiz va bank mijozlaridan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida qonunchilikka zid xatti-harakatlar, huquqbuzarlik holatlari yoki korrupsiyaga guvoh bo‘lsangiz, bankning maxsus aloqa kanallari orqali o‘z murojaatingizni yo‘llashingizni so‘rayman. Har bir murojaat qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar bo‘yicha keskin qonuniy choralar ko‘riladi. Murojaatingiz maxfiyligi kafolatlanadi!

So‘zim yakunida bank tizimida faoliyat olib borayotgan barcha rahbar va xodimlarni yana bir bor korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishga chaqiraman!

Siz bank xodimlarining noqonuniy harakatlari bilan yuzlashsangiz yoki bank xodimlarining korruptsiyaga olib keluvchi sabablarning guvohi bo'lsangiz, maxsus aloqa kanallarimiz orqali xabar berishingizni so'raymiz.

Bu bizga 24/7 rejimida konfidensial malumotni toplash imkoniyatini beradi. Barcha habarlar O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tog`risidagi qonun"iga muvofiq qabul qilinadi va ishlanadi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATBning Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati 5.86 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalari 7.23 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda manfaatlar to'qnashuvini boshqarish bo’yicha nizom 6.26 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to’g’risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko’rib chiqish reglamenti 3.38 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB tizimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo’yicha yoʻriqnoma 3.06 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash tartibi 2.73 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda biznes hamkorlarni tekshirishga oid yo’riqnoma 2.01 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlari va odob-ahloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o’tkazish bo’yicha nizom 4.42 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda qonun buzilishlar to'g'risida xabar berish bo'yicha tartib 2.41 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBning korrupsiyaga qarshi kurashish menedjment tizimining ichki auditini o'tkazish Tartibi 2.35 MB pdf
"Biznes rivojlanish banki" korruptsiyaga qarshi boshqaruv tizimi holatiga doir hisobotning yaratilishi tartibi 2.24 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" АTBdа kontragentlarni tekshirish Tartibi (yangi tahrirda) 10.71 MB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring vа nazorat qilish Tartibi (yangi tahrirda) 6.31 MB pdf
KQK menejment tizimining hisobotni shakllantirish Tartibi 7.10 MB pdf
Xodimlarining etika va KQK sohasida o’qitilishini tashkil YORIQNOMA 7.17 MB pdf
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunini qoʻllash jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni bartaraf etish choralari USLUBIY QOʻLLANMA 4.31 MB pdf
Xodimlarni rag'batlantirish tartibi 2.41 MB pdf
Xalqaro iqtisodiy sanksiyalarga rioya etish siyosati 24.77 MB pdf
Bank faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi 247.17 KB pdf

"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda 2024 yil uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal gilishi haqida umumiy hisobot 4.05 MB pdf
Korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi yillik hisobot 1.07 MB pdf
Murojaatlar bo‘yicha 2025-yil 1-yarim yillik hisoboti 610.49 KB pdf
Bosh ofisida va viloyat hududiy- boshqarmalarida korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari haqidagi hisobot 563.28 KB pdf
Bosh ofisida va viloyat hududiy boshqarma (BXO, BXM)larida korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari haqidagi 2025-yil 1-2-3-4-chorak (yillik) 09.01.2026 675.05 KB pdf
Odob-axloq komissiyasining yig‘ilish bayoni 124.25 KB pdf
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBning Bosh ofisida va viloyat hududiy boshqarma (BXO, BXM)larida korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi 2026-yil 1-chorak 20.04.2026 283.02 KB pdf
Infografika 2.84 MB zip
Videorolik 14.58 MB zip
Poster 7.78 MB zip
Ijtimoiy sheriklik shartnomasi 3.07 MB zip
Anonim so'rovnoma natijasi va taklifi 1.75 MB pdf
Ko'rgazmali axborot materiallari 5.2 1.37 MB zip
Aloqa kanallari hisoboti 2026 yil 1-yarim yillik 656.33 KB pdf
Korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari soni va ularning qamrov darajasi 5.1 1.36 MB zip

Сертификат Astraia ru 365.40 KB pdf
Сертификат Astraia en 349.37 KB pdf

Siz bank xodimlarining korruptsiyaga oid harakatlarga yoki bank xizmatlarini ishlatishda ortiqcha byurokratik to'siqlarga (chegaralarini buzish) duch kelsangiz, yoki bu kabi holatlarni ko’rgan bo’lsangiz, iltimos, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat eting:

Ishonch telefoni +998781505995

Telegram-bot @BRB_Antikor_bot

antikor@brb.uz

Ariza qoldirish

Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.

Ma'lumotlar muvaffaqiyatli yuborildi, siz bilan tez orada bog'lanamiz.
Xatolik yuz berdi, uzr soʻraymiz, keyinroq qayta urinib koʻring.
Shaklni to‘ldirish bilan ma'lumot uzatish shartlariga rozilik beraman. Bank va uning hamkorlari taqdim etadigan mahsulot va xizmatlar haqida ma'lumot olishga tayyorman.

Rahmat, sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.