Start 18
18 yoshga to'lguncha jamg'arib boriladigan omonat
Foiz stavkasi
15%
Omonat muddati
18 yoshga qadar
Minimal miqdori
Cheklanmagan
Mijoz turi | Rezidentlar va norezidentlar |
Valyuta | Milliy valyutada
|
Minimal miqdor | Cheklanmagan |
Muddat | 12 oy |
Foiz stavkasi | 15% (Asosiy stavka +1%) |
Kapitalizatsiya | Mavjud |
Qo‘shimcha mablag‘ kiritish | Mumkin |
Qisman yechib olish | Mavjud emas |
Avtouzaytirish | Mavjud emas |
Omonatni ochish | Bank ofisida |
Mijozga qoʻyiladigan umumiy talablar | Muomala layoqatiga ega shaxslar (Amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda) |
Omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish tartibi | Omonatchi 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgunga qadar omonat mablag‘lari qaytarib olinganda shartnoma shartlari buzilgan hisoblanadi va hisoblangan foizlar asosiy mablag‘dan chegirib qolinmaydi. Foizlar to‘liq saqlangan oylar uchun to‘lab beriladi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun kirim qilingan aliment, vasiylik va homiylik hisobidan shakllantirilgan omonat hisobvaraqlari omonatchi 18 yoshga to‘lgandan so‘ng chiqim qilib beriladi. |
Omonat bo‘yicha foizlarni to‘lash davriyligi | Omonatga foizlar har oyda hisoblab boriladi va oylik kapitalizatsiya qilinadi. To‘lovlar omonat muddati tugaganda, shartnoma muddatdan avval bekor qilinganda yoki omonatchi 18 yoshga kirgunga qadar vafot etish holati bilan shartnoma muddatdan oldin bekor qilinganda foizlar to‘liq saqlangan oylar uchun to‘lab beriladi. Bunda, kapitalizasiya qilingan summa hisobga olinadi. |
Qo‘shimcha shartlar | Omonat bankka muayyan uchinchi shaxs foydasiga qoʻyilishi mumkin. Omonatchi 18 yoshga kirgunga qadar vafot etsa, mablag‘ qonunchilikda belgilangan tartibda omonatchining qonuniy vakiliga chiqim qilib beriladi. Omonat shartnomasini rasmiylashtirishda omonatchi 14 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, shartnomaga imzo chekuvchi uning qonuniy vakili, vasiyi, farzandlikka oluvchisi, homiysi yoki boshqa uchinchi shaxs bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslarning tasdiqlovchi hujjatlari taqdim qilinishi so‘raladi. |
Ariza qoldirish
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.