Ipoteka – Ulushdor uchun
Ulush kiritish asosida birlamchi uy-joy bozoridagi xonadon xarid qilish


Foiz stavkasi
25% dan boshlab

Boshlang'ich to'lov
15% dan boshlab

Kredit muddati
20 yilgacha
Asosiy shartlar
Maqsadi: Ulush kiritish asosida birlamchi uy-joy bozoridagi xonadon xarid qilish;
Kreditning eng koʻp miqdori: Qoraqalpog‘iston Resp. va viloyatlarda 330,0 mln. so‘mgacha; Toshkent shaxrida - 420,0 mln. so‘mgacha
Kredit muddati: 20 yilgacha;
Boshlang‘ich badal: Kvartira umumiy qiymatining 15%dan kam bo‘lmagan miqdorda, o‘zini o‘zi bank qilgan shaxslar uchun 40%;
Kreditni qaytarish usuli: Annuitet/Differensial;
Kredit ajratish usuli: Pudrat tashkilotining depozit hisobvarag‘iga naqd pulsiz shaklda;
Kredit foiz stavkasi: Uy-joy qurib bitkazilgunga qadar ish xaqi loyixasi uchun 25,0%, standart uchun 25,9%.
Taqdim etiladigan hujjatlar
Ulushdor jismoniy shaxs tomonidan bankka taqdim etiladigan hujjatlar:
1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta);
2. Boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi (agar boshlang‘ich badal mablag‘lari avval pudrat tashkilotiga o‘tkazib berilgan bo‘lsa, mablag‘ o‘tkazib berilganligini tasdiqlovchi bank hujjati);
3. Bank tomonidan mustaqil ravishda ma’lumot olish imkoni bo‘lmaganda, ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan yoki my.gov.uz rasmiy sayti orqali olingan daromadlarni tasdiqlovchi ma’lumotnoma (oxirgi 6 oydan kam bo‘lmagan muddatdagi);
4. Ulush kiritish uchun mablag‘ jalb qilish bo‘yicha qurilish-pudrat tashkiloti bilan jismoniy shaxs o‘rtasida tuzilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi elektron platformasi orqali hisobga qo‘yilgan shartnoma nusxasi;
5. Kredit ta’minoti hujjatlari.
Talab qilinadigan kredit ta’minoti
Pudrat tashkiloti tomonidan
Ulush kiritish asosida ko‘p kvartirali uy qurilishi tugallanib, kvartira davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar majburiyatni bajarilishini ta’minlash uchun kredit ta’minoti sifatida:
- reytingi AAA, AA, A, BBB, BB, B bo‘lgan qurilish-pudrat tashkilotlaridan hamda uy-joyidagi qurilish ishlari 50%dan ortiq bajarilgan va ushbu bajarilgan qurilish ishlari qiymatiga nisbatan kredit qoldig‘i summasi 2 baravar kam bo‘lgan qurilish-pudrat tashkilotlaridan majburiyatning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha yuridik shaxs kafilligi talab qilinadi.
- boshqa barcha qurilish-pudrat tashkilotlaridan ajratiladigan jami ipoteka kreditlarining 125%dan kam bo‘lmagan miqdorda ko‘chmas mulk garovi talab qilinadi.
Fuqaro tomonidan
- Bank tomonidan fuqaroga ajratiladigan ipoteka kreditining ta’minoti sifatida uy-joy qurilishi bitgunga qadar kreditni qaytmaslik xavfidan sug‘urta polisi talab qilinadi (pudrat tashkiloti tomonidan kredit ta’minoti sifatida fuqaroga ajratiladigan ipoteka kreditining 125% miqdorida ko‘chmas mulk taqdim qilingan hollar bundan mustasno);
- Uy-joy foydalanishga topshirilib, kredit hisobiga qurilgan kvartiraga bo‘lgan huquq yuzaga kelgandan so‘ng, ushbu kvartira kredit ta’minoti sifatida qabul qilinadi.
Qo'shimcha shartlar
Qo‘shimcha shartlar:
Qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joy 4 va undan yuqori qavatli, 1-qavati bitgan bo‘lishi;
Uy-joy foydalanishga topshirilib, garovga qo‘yiladigan kvartiraga bo‘lgan huquq yuzaga kelguncha bo‘lgan muddatgacha garov ob’ekti sug‘urta qilinish lozim;
Ushbu kredit mahsuloti ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya oluvchi fuqarolarga tadbiq etilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ob’ekt ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida ko‘chirma
Barpo etiladigan qurilish majmuasi bo‘yicha “Ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro‘yxati”ga kiritilganligi bo‘yicha ma’lumotnoma.
Ulush kiritish asosida qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joyning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat reestridan ko‘chirma;
Maslahat kerakmi?
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.