Ipoteka-tavsiya asosida

Mahalla tavsiyasi asosida, uy-joy qurilishi, rekonstruksiya yoki ta'mirlash uchun ipoteka krediti.

Foiz stavkasi

18,0 %*

Kredit muddati

20 yilgacha

Boshlang'ich badal

15% dan

Mahsulotning qulayliklari

Imtiyozli talablar:

  • Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj, “Mahalla yettiligi” dasturi tavsiyasiga ega bo’lgan shaxslar uchun maxsus shartlar

Past boshlang‘ich to‘lov:

  • Kredit summasining kamida 15% miqdori davlat subsidiya mablag‘lari orqali qoplanadi, bu esa boshlang‘ich to‘lovni yengillashtiradi.

Uzoq muddat:

  • 20 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli kreditni qaytarish imkoniyati.

Past foiz stavkasi:

  • *18,0% (Markaziy bankning asosiy stavkasi + 4% foiz bilan taklif etiladi).

Asosiy shartar

Ipoteka (Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan) kreditining maqsadi: Uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish yoki ta’mirlash, ayniqsa "Mahalla yettiligi" tavsiyasi asosida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun.
Kredit muddati: 20 yilgacha.
Dastlabki badal miqdori: Ajratiladigan kredit summasining kamida 15% davlat byudjeti subsidiyalari hisobidan qoplanadi.
Foiz stavkasi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 4%.
Imtiyozli davr: Mazkur mahsulot bo‘yicha imtiyozli davr belgilanmagan.
Foizni hisoblash sharti: O‘zgarmas stavka.
Qarz hajmi:
Minimal kredit miqdori: Belgilanmagan.
Maksimal kredit miqdori: 102 mln so‘mgacha.
Taqdim etish usuli bosqichma-bosqich o'tkaziladi:
80% qurilish materiallari uchun.
20% ish haqi xarajatlariga.

Qo'yiladigan talablar

Yosh chegarasi: Murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi.

Daromad manbalari: Ipoteka kreditini to‘lashga yetarli, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan daromad manbaiga ega bo‘lishi (shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligi, tadbirkorlik daromadi va boshqalar).

Kredit tarixining tozaligi: Joriy kredit/mikroqarzlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lmasligi.

Oldingi ipotekalardan foydalanmaslik: Ilgari bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari bo’yicha subsidiyalardan foydalanmagan bo’lishi.

Uy-joy huquqi: Rekonstruksiya qilinadigan yoki quriladigan uy-joy yoki yer uchastkasi qarz oluvchiga yoki u bilan yashovchi qarindoshlariga tegishli bo‘lishi.

Ijtimoiy dasturga kiritilganlik: "Mahalla yettiligi" tavsiyasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan bo‘lishi.

Kerakli hujjatlar

Fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi.

Oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadni tasdiqlovchi hujjatlar (kamida 6 oy davomida tasdiqlangan).

Uy-joyga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan guvohnoma yoki ko‘chirma).

Pudrat tashkiloti bilan shartnoma (agar qurilish pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirilsa).

Kredit ta’minotiga oid hujjatlar.

Garov qiymatini baholash bo‘yicha mustaqil tashkilot hisoboti.

Qurilish materiallari va ishlari smetasi.

Mahsulotni olish usuli

Kredit mablag‘lari qarz oluvchining bank plastik kartasiga yoki hisobvarag‘iga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi:

80% mablag‘: Qurilish materiallari va xizmatlar uchun.

20% mablag‘: Ish haqi xarajatlari uchun.

Agar pudrat tashkiloti jalb etilsa, mablag‘lar shartnoma asosida depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Dastlabki bosqichda kreditning umumiy summasining 30% qismi dastlabki to‘lov sifatida beriladi.

Qo‘shimcha shartlar va izohlar

Bank va qarz oluvchi o‘rtasida shartnoma imzolangach, “subsidyplatform.mf.uz” orqali dastlabki badal va foiz to‘lovlarini qoplash uchun subsidiya mablag‘lari so‘raladi.

Keyingi to‘lovlar bajarilgan ishlar bo‘yicha xulosa tuzilgandan so‘ng bosqichma-bosqich ajratiladi.

Foiz subsidiya: Kreditning birinchi 5 yili davomida 12% dan oshgan qismiga subsidiya to‘lanadi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar: Ro‘yxatdan o‘tganligi va ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak.

Agar NPL ulushi 3% dan oshsa, mahsulot vaqtincha to‘xtatiladi va yangi arizalar qabul qilinmaydi (oldingi arizalar bundan mustasno). 

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.