Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

Birlamchi bozordan xonadon sotib olish uchun ipoteka kreditiga onlayn buyurtma

Yangi uyga yo'l onlayn murojaatdan boshlanadi!

Foiz stavkasi:

17,5 %dan boshlab

Boshlang'ich badal:

Kamida 15%

Muddat:

20 yilgacha

Ipoteka olishni onlayn boshlang – tez va oson!

Endi uy olish oson va tez! Onlayn ariza berish orqali kamida 15% boshlang‘ich badal bilan, 20 yilgacha muddatda va 17,5% foiz stavkadan boshlab ipoteka kreditini oling. Ariza berish jarayonlarini onlayn hal qiling va uyga egasi aylaning!

Asosiy shartlar

Mahsulotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga birlamchi uy-joy bozorida qurilgan ko'p qavatli uy-joylardan xonadon sotib olish uchun ipoteka krediti ajratish.

Pul birligi: So‘m.

Minimal boshlang‘ich badal: Xonadon umumiy qiymatining 15% dan kam bo‘lmagan miqdor.

Kredit miqdori: Xonadon qiymatining 85% gacha miqdorda (Toshkent shahrida 420 million so‘mgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda 330 million so‘mgacha).

Kredit foiz stavkasi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 4% band miqdorida (Boshlang'ich badal xonadon qiymatining 50% va undan ko'p to'langanda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi +3,5% band miqdorida).

Kredit muddati: 20 yilgacha (Yigirmanchi yilni ham qo‘shgan holda).

To'lov usuli: Annuitet.

Ta’minot turlari: Kredit hisobiga sotib olinadigan xonadon (bunda mustaqil baholovchini baholash hisoboti talab etilmaydi).

Qo‘yiladigan talablar

  • Murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) bo‘lishi;

  • Oxirgi 6 oy davomida (uzluksiz) doimiy daromadga ega bo‘lishi;

  • Belgilangan me’yorlarga muvofiq boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;

  • Ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan olingan joriy kredit/mikroqarzlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.

Kerakli hujjatlar

  • Fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi;

  • Boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirilganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi;

  • Sotib olinayotgan xonadonga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat Reyestridan ko‘chirma);

  • Xonadon sotib olish to‘g‘risida pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;

  • Subsidiya xabarnomasi (ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olish huquqiga ega bo‘lgan qarz oluvchilar uchun).

Kerakli hujjatlar (Bank mobil ilovasi orqali ipoteka krediti ajratish to‘g‘risidagi ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng bankka taqdim qilinadi).

Qo‘shimcha talablar

-“Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi” doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan birinchi marotaba foydalanayotgan bo‘lishi.

-Ipoteka krediti hisobiga sotib olinayotgan xonadon qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma asosida mulk huquqi yuzaga kelgan uy-joyda joylashgan bo‘lishi.

-Uy-joyga bo‘lgan mulk huquqi pudrat tashkiloti nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi.

-Uy-joy qabul qilib olinganiga 3-yildan ko‘p bo‘lmagani, 4 va undan yuqori qavatli bo‘lishi.

Kreditni qanday qilib olish mumkin?

BRB mobil ilovasini yuklab oling

Identifikatsiyadan o'ting

Kreditni rasmiylashtiring

Maslahat kerakmi?

Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.

Shaklni to‘ldirish bilan ma'lumot uzatish shartlariga rozilik beraman. Bank va uning hamkorlari taqdim etadigan mahsulot va xizmatlar haqida ma'lumot olishga tayyorman.

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.