Birlamchi uy-joy uchun 800 mln so'mgacha ipoteka!
Qulay shartlarda ipoteka krediti!


Boshlang'ich badal
25% dan boshlab

Foiz stavkasi
20%

Muddat
20 yilgacha
Asosiy shartlar
Maqsad – birlamchi uy-joy bozoridan xonadon xarid qilish.
Kreditning maksimal miqdori – Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 500,0 mln soʻmgacha, Toshkent shahrida 800,0 mln soʻmgacha.
Kredit muddati – 20 yilgacha.
Boshlangʻich toʻlov – 25%dan kam bo‘lmagan miqdorda.
Kredit ta’minoti – kredit hisobiga sotib olinadigan xonadon.
Kreditni qaytarish usuli – annuitet yoki differensial toʻlov usuli.
Kredit ajratish usuli – pudrat tashkilotining depozit hisobvaragʻiga naqd pulsiz shaklda.
Kredit foiz stavkasi – 20% (qayta moliyalash stavkasi + 6%).
Talablar
Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarosi bo‘lishi lozim
Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi lozim;
Sotib olinadigan kvartira qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirish imkoniga ega bo‘lishi;
Ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan olingan joriy kredit/mikroqarzlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi;
Kerakli hujjatlar
Kerakli hujjatlar:
Fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi;
Rasmiy manbalardan mustaqil ravishda ma’lumot olish imkoni bo‘lmagan hollarda (mijoz soliqqa tortilmaydigan faoliyat turi bilan shug‘ullanib, ularning daromadlari rasmiy manbalarda aks ettirilmaganda), mijoz tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (biroq uzluksiz olti oydan kam bo‘lmagan muddatda) olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Sotib olingan kvartiraga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan kvartira sotib olish to‘g‘risida shartnoma nusxasi;
Ariza qoldirish
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldring, biz siz bilan bog‘lanamiz.