Search the site Close
Search

"Universal" kredit – 5 mlrd so‘mgacha biznesingizning har qanday maqsadi uchun
(Vaqtincha to'xtatilgan)

Har bir biznes uchun qulay moliyalashtirish shartlari

Bank ofisini tanlang va hujjatlarni topshiring

Tanlash

Ijobiy qarordan so‘ng shartnomani imzolang

Mablag‘lardan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring

Batafsil ma'lumot

Kimlar uchun: Tadbirkorlik subyektlari.
Kredit maqsadi: Istalgan maqsadda foydalanish uchun.
Valyuta: Faqat milliy valyuta – so‘m.
Foiz stavkasi: Yillik 27%dan 28,5%gacha.

Asosiy hisob raqami bor mijozlar uchun: 5 milliard so‘mgacha.

Ikkilamchi hisob raqami bor mijozlar uchun: 1 milliard so‘mgacha.

Tadbirkorlik subyektlari uchun maksimal miqdor:

  • 600 mln so‘mgacha: Yakka tartibdagi tadbirkorlar.

  • 1 mlrd so‘mgacha: Mikrofirmalar (12 oyda daromadi 1 milliardgacha bo‘lgan).

  • 5 mlrd so‘mgacha: Kichik korxonalar (daromadi 1 milliarddan 10 milliardgacha bo‘lgan).

  • 5 mlrd so‘mgacha: O‘rta korxonalar (daromadi 10 milliarddan yuqori bo‘lgan).

Asosiy hisob raqami bor mijozlar uchun: 36 oygacha.
Asosiy hisob raqami yo‘q mijozlar uchun: 24 oygacha.
Ochiq kredit liniyasi: 12 oygacha revolver shaklda (Bosh kelishuv asosida).

1 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar uchun:
  • Bankda asosiy yoki ikkilamchi hisob raqamiga ega bo‘lish.

  • Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish.

  • Oxirgi hisobot davri bo‘yicha zarar bilan yakunlanmagan moliyaviy hisobotga ega bo‘lish.

  • Aylanma mablag‘lar manfiy bo‘lmasligi.

  • 2-sonli kartotekada qarzdorlik bo‘lmasligi.

  • Majburiy ijro ishlari bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi.

1 milliard so‘mdan yuqori kreditlar uchun:
  • Mijoz faoliyatidan tushumga ega bo‘lish.

  • Bankda asosiy hisob raqamiga ega bo‘lish.

  • Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish.

  • Oxirgi hisobot davri bo‘yicha zarar bilan yakunlanmagan moliyaviy hisobotga ega bo‘lish.

  • Aylanma mablag‘lar manfiy bo‘lmasligi.

  • 2-sonli kartotekada qarzdorlik bo‘lmasligi.

  • Majburiy ijro ishlari bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi.

Kredit olish uchun zarur hujjatlar

  • Ariza.

  • Ta’sischilarning kredit olishga yozma roziligi (faqat yuridik shaxslar uchun).

  • Yakka tartibdagi tadbirkor uchun guvohnoma va pasport nusxasi.

  • Oxirgi moliyaviy hisobot (Davlat soliq organi ma’lumotlari yoki bank tomonidan olinadi).

  • Garov obyekti bo‘yicha baholovchi tashkilot hisobi.

  • Garov ko‘chmas mulk bo‘lsa, kadastr hujjatlari.

  • Garov transport vositasi bo‘lsa, texnik pasport va texnik talon.

  • Agar garov uchinchi shaxsga tegishli bo‘lsa:

    • Yuridik shaxslar uchun ta’sischilar roziligi, ta’sis hujjatlari va rahbarlarning pasport nusxasi.

    • Jismoniy shaxslar uchun pasport nusxasi.

Kafillik uchun:

  • Kafil korxona ta’sischilarining kafillikka roziligi.

  • Moliyaviy hisobot.

  • Kafil korxona ta’sis hujjatlari.

  • Rahbarlarning pasport nusxasi.

  • Boshqa banklarda mavjud hisobvaraqlar aylanmasi haqidagi ma’lumot.

  • Mazkur hujjatlarning to‘liq taqdim etilishi kredit olish jarayonini tezlashtiradi.

Imtiyozli davr: 6 oygacha.
Moliyalashtirish manbai: Bankning o‘z mablag‘lari yoki jalb qilingan mablag‘lar.
Kredit mablag‘ini olish: Pul mablag‘i mijozning bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Foiz hisoblash: Har kuni o‘zgarmas stavka bo‘yicha hisoblanadi va grafik asosida to‘lanadi.
Kreditlash usuli: Yopiq yoki ochiq kredit liniyasi orqali.

Eng dolzarb savollarga javoblar allaqachon tayyor!👇

Kredit olish uchun ariza 83.10 KB pdf
Kredit shartnomasi na'munasi 342.85 KB pdf

Expert Advice, Just a Click Away!

Provide your contact details, and our dedicated team will reach out to assist you with your inquiries.

Your information has been successfully submitted! We will contact you shortly.
Oops, something went wrong. Please try again later.
By submitting this form, you acknowledge and agree to our data transfer policies and consent to receive updates on BRB’s products, services, and partner offerings.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.