BRB LIFT — Rivojlanish nuqtasi
Biznesni shunchaki rivojlantirish emas, balki aniq strategiya asosida kuchaytirish va real o‘sish nuqtalarini topish vaqti keldi. Chuqur amaliy tahlil, tajribali mentorlar bilan ishlash va investitsiya jalb qilish imkoniyati — barchasi ZO'R TVda namoyish etiladigan BRB LIFT realiti shousida
BRB LIFT loyihasi haqida
500 mln so‘m — g‘olibga
Finalda g'olib bo'lgan biznes egasi o'z loyihasi uchun 500 000 000 so‘m maqsadli mablag'ni qo‘lga kiritadi.
Yirik investorlardan sarmoya
BRB Lift — bu faqat mukofot emas. Bu loyihaga keladigan investorlar e’tiboriga tushish va biznesingizga real sarmoya jalb qilish imkoniyati.
Rivojlanish imkoniyati
Bizda quruq gap yo‘q: faqat real keyslar, murosasiz raqobat va hayotingizni o‘zgartiruvchi sarmoya sari qadam.
Ishtirok etish sizga nima beradi?
Mutlaqo bepul reklama va keng ko‘lamli mashhurlik
Loyihada ishtirok etish biznesingizga O‘zbekistonning eng yuqori reytingli top-3 telekanallaridan biri — "Zo'r TV" efirlarida bepul ko‘rinish berish imkonini taqdim etadi. Bu millionlab tomoshabinlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish, brendga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va hech qanday reklama xarajatlarisiz ommaviylashish demakdir.
Murabbiylik va foydali hamkorlik maydoni
Ishtirokchilar ko‘p yillik tajribaga ega tadbirkorlar va biznes-murabbiylar bilan yelkama-yelka ishlaydilar hamda biznesni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oladilar. Loyiha nufuzli ishbilarmonlar davrasiga kirish imkonini beradi va o‘z biznesingizga professional sarmoyador ko‘zi bilan qarashga o‘rgatadi.
500 million so‘m grant va yirik investitsiyalar
Loyiha finalchilari 500 million so‘m miqdoridagi grantni qo‘lga kiritish hamda hal qiluvchi bosqichda o‘z bizneslarini yirik sarmoyadorlarga taqdim etish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu — biznesingizga qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish va uning o‘sish sur’atini bir necha barobar tezlashtirish uchun real imkoniyatdir.
Qanday qilib qatnashish mumkin?
Arizani onlayn to‘ldiring
BRB LIFT Telegram-boti orqali bir necha daqiqada ariza yuboring.
Kasting bosqichini kuting
Loyiha ekspertlari arizangizni o‘rganib chiqadi va sizni suhbatga taklif qiladi.
Ishtirokingizni tasdiqlang
Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar loyihaning TV-bosqichiga yo‘llanma oladilar.
Ko'p beriladigan savollar
BRB-LIFT loyihasida kimlar ishtirok etishi mumkin?
Loyihada kamida 1 yil ishlayotgan biznesga ega bo‘lgan tadbirkorlar qatnashishlari mumkin. Ishtirokchilarning yoshi, hududi yoki faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha cheklovlar yo‘q — biz uchun loyihaning o‘sish salohiyati muhim.
Tayyor biznes yoki sotuvlar mavjud bo‘lishi shartmi?
Ha. Loyihaga kamida 1 yil ishlayotgan biznes egalari ishtirok etishi mumkin.
Loyihada ishtirok etish pullikmi?
Yo‘q. BRB-LIFT loyihasida ishtirok etish mutlaqo bepul. Loyiha tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va biznes muhitini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, hech qanday a’zolik yoki tashkiliy to‘lovlar talab qilinmaydi.
Televizion bosqichga necha nafar ishtirokchi yo‘llanma oladi?
Kasting bosqichida 90 tagacha eng yaxshi loyihani saralab olish rejalashtirilgan. Aynan shu bosqichdan boshlab loyihaning "Zo’r TV" telekanalidagi televizion qismi boshlanadi. Shuni yodda tutingki, saralangan barcha loyihalar ham tele-efirga chiqmasligi mumkin.
Loyiha g‘olibiga qanday mukofat bor?
Loyiha g‘olibi 500 000 000 so‘m miqdoridagi grantni qo‘lga kiritadi. Shuningdek, g‘olibga butun mamlakat miqyosida tanilish, media tomonidan qo‘llab-quvvatlanish va biznesini kengaytirish uchun yirik investorlarni jalb qilish imkoniyati beriladi.