Yoshlar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Denov tumani hokimligida Denov tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Isanov hamda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Yusupov ishtirokida yoshlar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlik subyektlari va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida bankning mas’ul rahbar va mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarning murojaatlari tinglanib, kredit ajratish tartiblari, imtiyozli moliyalashtirish dasturlari, biznes faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari, soliq va moliyaviy masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Muloqot jarayonida tadbirkorlar va yoshlar tomonidan ilgari surilgan qator masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda aholining bandligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Uchrashuv yakunida bunday ochiq muloqotlarni muntazam ravishda tashkil etish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida uchrayotgan muammolarni tezkor hal etish hamda yoshlarning biznes va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.