“Yoshlar tashabbuslari marafoni” boshlandi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Xorazm viloyatida tashkil etilgan “Yoshlar tashabbuslari marafoni” loyihasida faol ishtirok etmoqda.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PF-66-sonli “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 3-15 iyun kunlari Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.
Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi, Markaziy bank va tijorat banklari hamkorligida tashkil etilgan loyiha doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB “Jamgʻarma va Bank – Biznes bekati” stendi bilan qatnashmoqda.
Ushbu yoʻnalishda ishtirokchilar respublikadagi yetakchi tijorat banklari, jamgʻarmalar va moliyaviy institutlar bilan bevosita muloqot qilgan holda bankalrdagi mavjud imtiyozi kredit liniyalari, grantlar, investitsiya va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilmoqda.
Yoshlar ushbu imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, ulardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiya va yoʻnalishlarga ega boʻlmoqda.
Yoshlar oyligi doirasida oʻtkazilayotgan “Yoshlar tashabbuslari marafoni” loyihasi yoshlarning sifatli kasb-hunar egallashi, zamonaviy mehnat bozorida munosib oʻrin topishiga koʻmaklashish hamda ularning ijtimoiy faolligini qoʻllab quvvatlash, tashabbuskorlik va masʼuliyat tuygʻularini mustahkamlashda strategik ahamiyat kasb etadi.
Barcha yangiliklar
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!
Hududlarda tadbirkorlar bilan muloqotlar davom etmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.