Navbatdagi brifing taşkil etildi
Biznesni rivojlantiriş banki tomonidan navbatdagi brifing taşkil etildi. Unda bank Boşqaruvi raisi birinçi örinbosari Ş.Yusupov korrupsiyaga qarşi kuraşiş, uning oldini oliş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etiş hamda bankimizda va jamiyatda qonuniylik, halollik va şaffoflik tamoyillarini mustahkamlaş masalalari haqida maʼlumot berdi.
Qayd etildiki, korrupsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tösqinlik qiluvçi, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazuvçi, taşkilotlar faoliyati samaradorligiga salbiy taʼsir körsatuvçi illatdir. Şu bois korrupsiyaga qarşi kuraşiş, avvalo, uning kelib çiqiş sabablari va şart-şaroitlarini bartaraf etişdan boşlanişi lozim.
Bugungi kunda korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning taraqqiyotiga tösqinlik qiluvçi, fuqarolarning davlat organlari va taşkilotlariga bölgan işonçiga salbiy taʼsir körsatuvçi jiddiy muammodir. Şu sababli korrupsiyaga qarşi kuraşiş faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning vazifasi emas, balki har bir rahbar va xodimning kundalik faoliyatidagi muhim masʼuliyat hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşişda qonun ustuvorligini taʼminlaş, xizmat vazifalarini vijdonan bajariş, qarorlar qabul qilişda xolislikka rioya etiş va har qanday manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir rahbar va xodim öz faoliyatida qonuniylik, adolat, oçiqlik va şaxsiy masʼuliyat tamoyillariga amal qilişi şart. Xizmat vakolatlaridan şaxsiy manfaatlar yölida foydalaniş, pora oliş yoki beriş, taniş-bilişçilik va boşqa korrupsiyaviy holatlarga yöl qöymaslik har birimizning burçimizdir.
Şuningdek, taşkilotlar faoliyatida şaffoflikni oşiriş, içki nazorat mexanizmlarini kuçaytiriş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni muntazam baholaş hamda xodimlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratiş zarur.
Korrupsiyaga qarşi kuraşişda eng samarali yöl — uning oldini oliş, halollik muhitini şakllantiriş va har bir insonda qonunga hurmat tuyğusini mustahkamlaşdir. Har birimiz öz vazifamizni masʼuliyat bilan bajarsak, iş faoliyatimizda oçiqlik va adolatni taʼminlasak, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirişga munosib hissa qöşgan bölamiz.
Bankimizda ham sohaga oid bir qator işlar amalga oşirilib kelinmoqda:
Jumladan, joriy yilning ötgan davr mobaynida bankning qarorlar qabul qiluvçi rahbarlari va komplayens xodimlaridan iborat 48 nafar xodimlari xalqaro ISO 37001:2025 Poraxörlikka qarşi boşqaruv tizimlari — qöllaş böyiça talablar va tavsiyalar standarti böyiça malakasini oşirdi hamda tegişli sertifikatlarga ega bölişdi.
Bank xodimlari va mijozlari örtasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş va korrupsiyaviy xavflarning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlar muntazam taşkil etib boriladi. Xodimlarning bilim va xabardorlik darajasini oşiriş maqsadida test sinovlari taşkil qilindi hamda 100 dan ortiq profilaktik davra suhbatlari va seminar treninglar ötkazildi. Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasi”da 1359 nafar bank xodimlari maxsus öquv kurslarida iştirok etib tegişli sertifikatlarni qölga kiritişdi.
Bundan taşqari, xodimlarning huquqiy xabardorligini oşiriş maqsadida huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari iştirokida profilaktik uçraşuvlar va tuşuntiriş tadbirlari ötkazilib, ular bilan muntazam ravişda hamkorlik amalga oşirib kelinmoqda.
Şuningdek, işga qabul qilinayotgan nomzodlar hamda xarid jarayonlarida iştirok etuvçi kontragentlar korrupsiyaga qarşi kuraşiş va komplayens talablari asosida örganib kelinmoqda.
Bankda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş va baholaş işlari amalga oşirildi. Bunda xodimlarning xizmat vazifalari, vakolatlari hamda qaror qabul qiliş jarayonlari tahlil qilinib, 22 ta funksiya baholandi.
Joriy yilning 6-iyul kuni bank Boşqaruvi raisi Saxi Annakliçevning korrupsiyaga qarşi kuraşiş va uning oldini oliş böyiça murojaati eʼlon qilindi.
Xulosa örnida taʼkidlaşni istardimki, korrupsiyaga qarşi kuraşiş bir martalik tadbir emas, balki doimiy eʼtibor va qatʼiy yondaşuvni talab qiladigan jarayondir. Keling, barçamiz korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirib, halollik, adolat va qonuniylikni kundalik faoliyatimizning asosiy mezoniga aylantiraylik.
Barcha yangiliklar
BRB Samarqand xalqaro islom moliyasi forumida!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.