Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

BRB Samarqand xalqaro islom moliyasi forumida!

29.10.2026
•
3 min

2026-yil 27–28-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Samarkand Islamic Finance Forum 2026” xalqaro forumida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB vakillari faol ishtirok etdi.
Forum davomida xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashilib, “Islomiy darcha” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish va istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, Azentio iMAL, MBANK hamda bir qator mahalliy konsalting tashkilotlari bilan hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Bank vakillari “Masterclass on Shariah Review & Audit” xalqaro treningida qatnashib, sertifikatlarga ega bo‘ldilar.
Ayni paytda BRB “Islomiy darcha” faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tegishli litsenziyani olish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Shuningdek, bir qator xalqaro va mahalliy soha vakillari bilan “Islomiy darcha” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Jumladan, “Azentio iMAL” kompaniyasi vitse-prezidenti janob Khaled Berjawi bilan bankda “Islomiy darcha” faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonida zamonaviy dasturiy yechimlardan foydalanish va xalqaro tajribani tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, Qirg‘izistonning “MBANK” islomiy mobil ilovasi va mobil ilovasi bo‘yicha tajriba almashildi. “Assoodiq Consult” MChJ, “Islom Moliyasi va Biznesni Rivojlantirish Assotsiatsiyasi (IMBRA)”, “Al Muamalat Consulting” MChJ va “Amanah Consultings Group” kabi mahalliy soha vakillari bilan “Islomiy darcha” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha istiqbolli hamkorliklar uchun kelishib olindi.
Ayni paytda “Biznesni Rivojlantirish Banki” ATB “Islomiy darcha” faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tegishli litsenziyani olish ustida ish olib bormoqda. Forumdagi ishtirok bankning ushbu yo‘nalishdagi tayyorgarligini kuchaytirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va islomiy moliya xizmatlarini joriy etish bo‘yicha muhim tajriba to‘plashga xizmat qiladi.
Forumdagi ishtirok bankning islomiy moliya xizmatlarini joriy etish borasidagi xalqaro tajribasini boyitish va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qildi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.