Yoshlar tadbirkorligi: Orzudan — o‘z biznesigacha
Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani, “Oqtepa” MFYda yashovchi 23 yoshli Hasanov Bahromjon o‘z mehnati va qat’iyati bilan bugun nafaqat o‘ziga, balki boshqalarga ham imkoniyat yaratmoqda.
Hech qanday tanish-bilishlarsiz, faqat o‘z kuchiga tayangan holda mebel ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Dastlabki qadamlarni qo‘yishda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan ajratilgan 30 million so‘mlik kredit muhim tayanch bo‘ldi.
Bugungi kunda u 4 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlabgina qolmay, ularga hunar o‘rgatib, kelajak uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.
Bu — ishonch, mehnat va imkoniyat uyg‘unlashganda qanday natijaga erishish mumkinligining yorqin misoli.
Barcha yangiliklar
Korporativ biznes menejerlari uchun treningi oʻtkazildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.