Yoshlar salomatlik va birdamlik yoʻlida birlashdi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimidagi yosh xodimlar uchun sport musobaqalari tashkil etildi.
Tadbirda bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari B.Sharipov ishtirok etib, sport bilan karyerani birgalikda olib borish muvaffaqiyatga erishishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportda toblangan iroda va chidamlilik xodimlarga xizmat faoliyati davomida murakkab vazifalarni samarali hal etishda va yuksak marralarni zabt etishda kuch bag‘ishlaydi.
Musobaqalarni davomida bankning faol va shijoatli yosh yigit-qizlari sportning milliy hamda ommaviy turlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar. Xususan stol tennisida chaqqonlik va tezkor qaror qabul qilish imtihonidan oʻtgan boʻlsa, arqon tortishda jamoaviy jipslik va iroda namoyish etdi.
Milliy polvonlik anʼanalariga xos bo‘lgan tosh koʻtarish va armrestling bahslarida ularning bilak kuchi va matonati sinovdan oʻtkazildi. Argʻimchoqda sakrash bahslarida esa tizimdagi qizlar ham yigitlardan qolishmasligini namoyish etdi.
Yuqori natija koʻrsatgan ishtirokchilar bank rahbariyati tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.
Ushbu bellashuvlar nafaqat jismoniy chiniqish, balki bank tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning oʻzaro doʻstona aloqalarini yanada jipslashtirishga xizmat qildi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Talabalar bilan uchrashuv va ta’lim jarayonlari bilan tanishuv
Karyera kuni: talabalar bilan uchrashuv
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.