Yoshlar kunida foydali muloqot
Yoshlar kunida foydali muloqot: Hunar va aniq maqsad — muvaffaqiyat kaliti!
Yoshlar kuni munosabati bilan Beruniy tumanidagi “Oltin Saodat Asri” MCHJ korxonasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi oʻrinbosari B.Bobojonov va yoshlar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Temir darvoza va metall buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonada oʻtgan suhbatda B.Bobojonov yoshlarga muvaffaqiyatga erishishda hunar oʻrganish va aniq maqsad sari intilishning ahamiyati haqida soʻzlab berdi.
Shuningdek, ishtirokchilar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita kuzatib, tadbirkorlik tajribasi bilan yaqindan tanishdilar.
“Biznesni rivojlantirish banki” yoshlarning intilishlari va tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashda davom etadi!
Barcha yangiliklar
Aholi daromadlarini oshirish boʻyicha manzilli va inklyuziv yondashuvlar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.