Yoshlar kuni doirasida talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
“Biznesni rivojlantirish banki” Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Oybek Voxidov Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Ma'lumki, mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan. Bu esa yosh avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlikka qiziqishini oshirish va bandligini taʼminlash borasidagi ishlar yangi bosqichga koʻtarilganidan dalolat beradi.
Ana shu ezgu tashabbus doirasida tashkil etilgan uchrashuv davomida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni biznes faoliyatiga keng jalb etish, oʻz gʻoya va tashabbuslarini amaliy loyihalarga aylantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, bank tizimida yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy mexanizmlar, kredit mahsulotlari va startap loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, oʻz taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Ochiq va samimiy muloqot ruhida oʻtgan uchrashuv yoshlarning tadbirkorlik, moliyaviy savodxonlik va mustaqil faoliyat yuritishga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
Taʻkidlanganidek, bugungi kunda yoshlarning zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallashi, innovatsion fikrlashi hamda biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash davlat siyosati darajasidagi ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. “Biznesni rivojlantirish banki” Boshqaruvi rahbariyati ham mazkur yoʻnalishda yoshlarning istiqbolli gʻoyalari va loyihalarini roʻyobga chiqarishda yaqin hamkor boʻlishga tayyor ekanligi maʼlum qilindi.
Mazkur uchrashuv nafaqat talaba-yoshlarning bank-moliya sohasi, kredit imkoniyatlari va tadbirkorlik faoliyatiga oid bilimlarini oshirish, balki ularni kelgusida oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishga ruhlantirish nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etdi.
“Yoshlar kuni” doirasida bunday uchrashuvlarning tashkil etilishi yoshlarning muammo va takliflarini tinglash, ularni qoʻllab-quvvatlash, yangi gʻoya va tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda muhim platforma boʻlib xizmat qilmoqda.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Telegram’da xavfsizlikni oshiring: bulutli parolni o‘rnating!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.