“Yoshlar kuni”: Agile startaplari taqdimoti oʻtkazildi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda “Payshanba — Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida bank tizimida innovatsion ekotizimni rivojlantirishga bagʻishlangan mahsus taqdimot va uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirning bosh mavzusi — bank tizimida tashkil etilgan va samarali faoliyat yuritayotgan Agile guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan ichki startap loyihalar tahlili hamda ularning istiqbollariga qaratildi.
Bugungi kunda bank sohasini raqamlashtirish va mijozlarga xizmat koʻrsatish tezligini oshirishda Agile metodologiyasi muhim oʻrin tutmoqda. Bankning yosh va kreativ mutaxassislaridan iborat ushbu kross-funksional guruhlar qisqa muddatlarda zamonaviy FinTech startaplarini yaratish ustida muvaffaqiyatli ish olib bormoqdalar.
Anjumanning eng hayotiy va unutilmas qismi — bank tizimida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan masʼullar hamda muvaffaqiyatli startap asoschilari ishtirokidagi jonli muloqot boʻldi.
Unda spikerlar oʻzlarining bosib oʻtgan yoʻllari, loyihalarni ishga tushirishda yoʻl qoʻyilgan xatolar, ulardan chiqarilgan saboqlar va erishilgan muvaffaqiyat sirlarini yosh xodimlar bilan baham koʻrdi. Bunday samimiy suhbat yosh startapchilarga oʻz loyihalarini rivojlantirishda katta motivatsiya berdi.

Tadbir davomida, shuningdek, quyidagi masalalar muhokama qilindi:
· 🚀 Agile guruhlari tomonidan bank tizimi, mijozlar va kichik biznes vakillari uchun yaratilgan eng istiqbolli startap loyihalar taqdimoti;
· 💡 Bank faoliyatiga zamonaviy raqamli xizmatlarni joriy etish va jarayonlarni optimallashtirish;
· 🤝 Yosh xodimlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash va ularni bankning strategik loyihalariga keng jalb qilish.
Mazkur tadbir “Biznesni rivojlantirish banki” yosh kadrlarining salohiyatini namoyish etish, shuningdek, zamonaviy raqamli bank modellarini yaratishda ichki innovatsiyalarni ragʻbatlantirish uchun qulay maydon boʻlib xizmat qildi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.