Yoshlar bilan muloqot: Tashabbusdan amaliy natija sari
Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy etilgan “Payshanba – Yoshlar kuni” bugun millionlab yoshlar hayotida tub burilish yasamoqda. Mazkur tashabbus nafaqat yoshlarning muammolarini tinglash, balki ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash va orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishda eng muhim platformaga aylandi.
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB ushbu ezgu jarayonning faol ishtirokchisi sifatida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb etishni o‘zining strategik vazifalaridan biri deb biladi.
Mazkur tizimli ishlar doirasida joriy yilning 9-aprel kuni bank ishchi guruhi Toshkent viloyatining Bekobod tumanida bo‘ldi. Mas’ullar "Beshyuz" va "Saryuz" mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlarning yashash sharoitlari va tadbirkorlik qiziqishlarini “xonadonbay” tartibida o‘rgandi.
O‘rganishlar yakunida boqimandalik kayfiyatidan yiroq, o‘z biznesini boshlashga qat’iy qaror qilgan yoshlarning intilishlari qo‘llab-quvvatlandi. Xususan, ularning yo‘nalishlaridan kelib chiqib:
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash uchun zamonaviy tikuvchilik mashinalari;
Dehqonchilik va tomorqadan daromad olishni maqsad qilganlar uchun qishloq xo‘jaligi uskunalari tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu amaliy yordam yoshlarning o‘zini-o‘zi band qilishi va oilasi byudjetiga barqaror daromad keltirishi uchun mustahkam zamin yaratadi.
“Biznesni rivojlantirish banki” Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar siyosati doirasida har bir navqiron avlod vakilining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Зеro, yoshlarning iqtisodiy mustaqilligi — yurtimiz taraqqiyotining asosidir.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
“BRB Nafis ayollar klubi”ning 4-mavsumiga start berildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.