Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Yoshlar bandligi: “ogʻir toifadagi” yoshlar bilan uchrashuv

19.03.2026
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan mamlakatimizda Payshanba – Yoshlar kuni tashabbusi doirasida yoshlar bilan manzilli ishlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Prezident tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Yoshlar kuni” doirasida nafaqat iqtidorli va faol yoshlar, balki ijtimoiy himoyaga muhtoj, tarbiyasi ogʻir yoshlar bilan ham manzilli ishlashga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

Jumladan, bank boshqaruvi raisi birinchi oʻrinbosari v.b. Sh.Yusupov rahbarligida Bekpbod tumani "Istiqlol" MFY hududida joylashgan 16-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida “ogʻir toifadagi” ishsiz yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, bandlikni taʼminlash mexanizmlari va qoʻllab-quvvatlash choralari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning muammo va takliflari tinglandi.

Tadbir yakunlari boʻyicha jami 20 nafar yoshning murojaatlari qabul qilinib, ularni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi hamda masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.