Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Yosh iqtidorlar klubi: Bank yoshlari uchun yangi ufqlar ochilmoqda

10.10.2025
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB "Yosh iqtidorlar klubi"ning ikkinchi mavsumi boshlandi. Mazkur loyiha bank tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga samarali hissa qo‘shmoqda.

Yosh iqtidorlar klubi – bu o‘zgarishlarga tayyor, faol, tashabbuskor va liderlik qobiliyatiga ega yoshlarning birlashgan platformasi. 2-mavsum bu yo‘ldagi yangi bosqich bo‘lib, ishtirokchilarga professional o‘sish, tarmoq qurish va bank tizimidagi o‘z o‘rnini mustahkamlash imkonini beradi.

Yosh iqtidorlar klubining 2-mavsumi doirasida bankning hududiy filiallarida faoliyat yuritayotgan xodimlar orasidan test sinovlari asosida 50 nafar eng iqtidorli yosh mutaxassis saralab olindi. Ular loyiha davomida turli mahorat darslari, treninglar va muhokamalarda ishtirok etish orqali o‘z salohiyatlarini yanada rivojlantirdi.

Tadbir davomida:

  • “Transformatsiya — bu yo‘l, bu madaniyat” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi;

  • Sun’iy intellekt (AI) va bank tizimining kelajagi haqida mahorat darsi tashkil etildi;

  • Liderlik ko‘nikmalari, shaxsiy va jamoaviy samaradorlik hamda ustuvor yo‘nalishlarni belgilash masalalari keng muhokama qilindi.

    Tanlov asosida 50 nafar iste’dodli xodim saralandi. Mazkur loyiha nafaqat yoshlar uchun yangi bilim va tajriba maktabi, balki kelajakdagi bank rahbarlarini tayyorlash yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Yosh iqtidorlar klubi — bu bankning transformatsion jarayonlaridagi asosiy kuchi, kelajak rahbarlariga ishonchli tayanch. Yoshlar innovatsiyalarga ochiq, g‘oyalarni ilgari surishga tayyor. “Biznesni rivojlantirish banki” ular uchun munosib maydon yaratishga intiladi.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.