Yordamchi-agentlar uchun seminar-treninglar
Biznesni rivojlantirish banki tomonidan yordamchi-agentlar uchun seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Xususan, joriy yilning may oyi davomida mamlakatimiz hududlaridagi "Biznesni rivojlantirish banki" ATBga biriktirilgan barcha mahallalarda (610 ta) faoliyat yuritayotgan yordamchi-agentlar uchun bank xizmatlari bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi.
Unda yordamchi-agentlar bilan kredit tarixi, kafillik, garov, sug’urta polisi, sud va notarius, omonat huquqlari, bank kartalari va kiberxavfsizlik, shartnomalar va murojaatlar mavzularida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mazkur seminar-treninglarni tashkil etishdan asosiy maqsad yordamchi-agentlar tomonidan mahallalarda bank xizmatlarini targ‘ib qilish va ommalashtirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish.
Shuningdek, qamrab olinmagan xonadonlar bilan ishlash va yangi mijozlarni bankka jalb qilishga alohida e’tibor berildi.
Bundan tashqari, 16 yoshdan oshhan aholiga bank hisobvaraqlari (bank kartasi) ochish, aholi tomonidan onlayn to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida mobil ilovalarni o‘rnatish va identifikatsiyadan o‘tkazish yo‘nalishlarida ijobiy natijalarga erishga qaratilgan.
Barcha yangiliklar
Ohangaronda tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.