Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashda amaliy hamkorlik
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda hududiy Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bilan hamkorlikda xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash, xususan, “Ayollar daftari” doirasida manzilli va samarali yordam koʻrsatish borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi xotin-qizlarga faqatgina bir martalik moliyaviy yoki moddiy yordam koʻrsatish bilan cheklanib qolmay, ularning bandligini taʼminlash, doimiy daromad manbaiga ega boʻlishlari va barqaror hayot kechirishlari uchun mustahkam zamin yaratishdan iborat.
Belgilangan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 10–12-oktabr kunlari hududda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan atroflicha monitoring oʻtkazildi. Soʻnggi monitoring natijalariga koʻra, "Ayollar daftari" doirasida berilgan topshiriqlar va yuklatilgan vazifalarning ijrosi 99,7 foizga bajarilib, ayollarga amaliy va manzilli koʻmak koʻrsatilmoqda.
Monitoring davomida, shuningdek, hududdagi masʼul xodimlar bilan uchrashuvlar va suhbatlar oʻtkazilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari belgilab olindi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash va ularning farvonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni izchil davom ettiradi.
Barcha yangiliklar
Bank yoshlari ommaviy diktant loyihasida ishtirok etdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.