Xalqro sessiya. Nomoliyaviy xizmatlar — kichik va o‘rta biznesining yangi drayveri
Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Nomoliyaviy xizmatlar — kichik va o‘rta biznes (KO‘B) o‘sish katalizatori sifatida” mavzusida xalqaro sessiya tashkil etildi.
Tadbirda bank Boshqaruvi raisi S.Annaklichev, xalqaro ekspertlar, moliya institutlari vakillari va tadbirkorlar ishtirok etib, bugungi kunda biznesni faqatgina kreditlash orqali emas, balki kompleks yondashuv bilan qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildilar.
Sessiya davomida ta’kidlanganidek, zamonaviy iqtisodiyotda kichik va o‘rta biznesni barqaror rivojlantirish uchun faqat moliyaviy resurslar (kreditlar) ajratishning o‘zi yetarli emas. Investitsiyalar samaradorligini ta’minlash va biznesni yangi bosqichga olib chiqishda nomoliyaviy xizmatlarning ochiq-oydin roli ko‘rsatib berildi.
Ishtirokchilar ushbu yo‘nalishdagi 4 ta asosiy ustunni belgilab oldilar:
Amaliy bilim va treninglar: Tadbirkorlarning boshqaruv va moliyaviy savodxonligini oshirish;
Mentoring va maslahatlar: Tajribali mutaxassislar tomonidan biznes-jarayonlarni yo‘naltirish;
Yangi bozorlarga chiqish: Eksport imkoniyatlarini kengaytirish va logistika zanjirlarini o‘rganish;
Raqamli yechimlar: Biznesga zamonaviy IT-texnologiyalarni joriy qilish orqali xarajatlarni optimallashtirish.
Muhokamalar yakunida ekspertlar bir to‘xtamga keldilar: moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlar uyg‘unligi tadbirkorlik subyektlarining yashovchanligini bir necha barobar oshiradi. Bu yondashuv biznes o‘sishini tezlashtirish bilan birga, mahalliy loyihalarning global bozorlarda raqobatbardosh bo‘lishiga yo‘l ochadi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ushbu yo‘nalishda nafaqat moliyaviy hamkor, balki tadbirkorlar uchun strategik maslahatchi va bilim markazi (Business Hub) sifatida faoliyat yuritishda davom etadi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.