Voleybol: BRB jamoasi “O‘zbekiston Korporativ Kubogi”da 2-o‘rinni egalladi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tomonidan tijorat banklari, korxona va tashkilotlar o‘rtasida tashkil etilgan voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston Korporativ Kubogi” musobaqasida munosib ishtirok etdi.
Musobaqa davomida bank jamoasi yuqori sport mahorati, jipslik va qat’iyat namoyon etib, turnirni g‘alabali tarzda boshladi. Ilk uchrashuvda BRB & Xalq banki jamoasi 2:0 hisobida mag‘lub etildi. Keyingi bellashuvlarda esa BRB voleybolchilari TEXNOPARK jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Musobaqaning hal qiluvchi bosqichlarida ham jamoamiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Chorak va yarim final uchrashuvlarida mos ravishda BRB & Korzinka hamda BRB & Olmaliq KMK jamoalari 2:1 hisobida mag‘lub etilib, bank jamoasi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Biznesni rivojlantirish banki” jamoasi “O‘zbekiston Korporativ Kubogi” voleybol musobaqasida faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Ushbu natija — jamoamizning birdamligi, qat’iyati va sportga bo‘lgan yuksak ruhining yaqqol isboti hisoblanadi. Har bir uchrashuvda oxirigacha kurash olib borgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz va ularni erishilgan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.
“Biznesni rivojlantirish banki” jamoasiga kelgusidagi sport musobaqalarida ham ulkan zafarlar va omad tilaymiz!
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.