Bankka korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida milliy va xalqaro sertifikat topshirildi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan tashkil etilgan "BRB do‘stlari" muloqot klubi doirasida bankka ISO 37001:2016 - “Korrupsiyaga qarshi kurashishish menejment tizimining xalqaro standarti” joriy qilinganligi tasdiqlanib, muvofiqlik sertifikati topshirildi. Mazkur xalqaro standart bankda korrupsion xatarlarni minimallashtirish va oldini olishda ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mazkur standartning joriy qilinganligi bankning xalqaro hamkorligi doirasidagi muloqotlar jarayonida hamda investitsiyalar jalb etishida muhim rol o‘ynaydi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Milliy libos chellenjini jizzaxlik hamkasblarimiz davom ettirdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.