Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Universitet – kalajak bankirlari uchun imkoniyat eshigi

08.04.2026
3 min

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mutaxassislik kafedralari huzurida tashkil etilgan Hamkorlik kengashining ilk yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda oliy ta’lim va bank-moliya sektori o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Tadbirda "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Boboxon Bobojonov ishtirok etib, bankning oliy ta’lim muassasasi bilan strategik sherikligi bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon qildi.

Strategik hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari: Yig‘ilishda zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimini bugungi mehnat bozori ва ish beruvchilar talablariga moslashtirish masalasiga alohida urg‘u berildi. Mazkur kengash nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki talabalarni oliygohni bitirmaslaridanoq bank tizimiga moslashgan mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. "Bugungi yosh mutaxassis faqat nazariy bilim bilan cheklanib qolmasligi kerak. Biz TDIU bilan hamkorlikda bank sohasidagi real amaliyot va innovatsion texnologiyalarni bevosita o‘quv jarayoniga integratsiya qilishni maqsad qilganmiz," — deya ta’kidladi B.Bobojonov.

Kutilayotgan natijalar: Hamkorlik kengashi doirasida o‘quv rejalari bank ekspertlari bilan birgalikda qayta ko‘rib chiqiladi, talabalar uchun master-klasslar tashkil etiladi va eng asosiysi — iqtidorli yoshlarni maqsadli tayyorlash (target hiring) tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu qadam bank sohasiga zamonaviy fikrlaydigan, kreativ va amaliy ko‘nikmalarga ega yosh kadrlarni jalb qilishda muhim poydevor bo‘ladi.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.