Universal kassirlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB xodimlarining kasbiy bilim va malakalarini oshirish hamda ish samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida “Bank kassalarida naqd pul va qimmatliklar bilan ishlashni tashkil etishning amaldagi tartiblari” mavzusida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Bank O'quv markazida bo‘lib o‘tayotgan o'quv-mashg'ulotlari davomida ishtirokchilarga bank kassalarida naqd pul va qimmatliklar bilan ishlash jarayonlarini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida to‘g‘ri va samarali tashkil etish, operatsion xatoliklarning oldini olish hamda xizmat ko‘rsatish sifati va xavfsizligini oshirishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlariga barcha BXO va BXMlarda faoliyat yuritayotgan universal kassirlar jalb etilgan. Ular uch guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi.
Xodimlarning kasbiy bilim va malakalarini oshirish hamda ish samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan mazkur dastur doirasidagi mashg‘ulotlar 1-guruh ishtirokchilari uchun joriy yilning 16–17-fevral kunlari o‘tkazildi. Ayni kunlarda esa (19–20-fevral) ikkinchi guurh uchun o'quv-mashg'ulotlari davom etmoqda. 3-guruh ishtirokchilari esa 23–24-fevral kunlari ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
Bank tomonidan xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan bunday o‘quv mashg‘ulotlari tizimli ravishda davom ettiriladi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Telegram’da xavfsizlikni oshiring: bulutli parolni o‘rnating!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.