Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan oʻtkazildi

13.03.2026
2 min

Navroʻz bayrami arafasida hamda muborak Ramazon oyini munosib kutib olish maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki” tizimida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.

Uyushqoqlik bilan oʻtkazilgan hashar doirasida bankning bosh ofisi hamda hududiy filiallari atrofida obodonlashtirish va tozalik ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, hududlar tartibga keltirilib, tozalandi, daraxtlarga shakl berildi, atrof-muhit yanada fayzli va ozoda koʻrinishga keltirildi.

Mazkur tadbir bank jamoasining birdamligi, jipsligi va yurt ravnaqiga daxldorlik hissini yana bir bor namoyon etdi. Hasharda faol ishtirok etgan xodimlar oʻz mehnati bilan hududlar obodligi va koʻrkamligini taʻminlashga munosib hissa qoʻshdilar.

“Biznesni rivojlantirish banki”da bunday ezgu tashabbuslar orqali nafaqat mehnat muhiti, balki ekologik madaniyat, ozodalik va obodonlashtirish tamoyillariga ham alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

 Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.