Toshkent xalqaro universitetida bank rahbariyati va yoshlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi
Toshkent xalqaro universitetida “Biznesni rivojlantirish banki” rahbariyati ishtirokida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuv yoshlarning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni bank-moliya sohasiga keng jalb etish hamda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
Tadbirda bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Shoxzod Yusupov hamda rais o‘rinbosari Boboxon Bobojonov ishtirok etib, yoshlarga o‘z kasbiy tajribasi, muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi muhim omillar hamda zamonaviy bank tizimida mavjud imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniga ega bo‘lishdi. Ayniqsa, yoshlar tomonidan ilgari surilgan innovatsion g‘oyalar, startap tashabbuslari va amaliy takliflar mutaxassislar tomonidan yuqori baholanib, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiluvchi memorandum imzolandi.
Ushbu kelishuv quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
— 💵 iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya dasturlarini joriy etish
— 🏦 eng saralangan yoshlar uchun bank tizimida amaliyot (stajirovka) o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish
— 📈 yosh mutaxassislarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish
Mazkur tashabbuslar orqali bank yoshlar uchun nafaqat moliyaviy institut, balki ularning professional o‘sishi va kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu uchrashuv yoshlar va bank o‘rtasidagi ishonchli hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi loyihalar va istiqbolli tashabbuslar uchun keng yo‘l ochib berishi bilan ahamiyatlidir.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Rahbar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot davom etmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.