TIFT talabalari bilan ochiq muloqot
Davlat rahbarining yoshlar bilan ochiq muloqoti mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Shuningdek, mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangani ham yoshlar bilan ishlash tizimini yanada faollashtirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” rahbariyati tomonidan TIFT — Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari Oybek Vohidov ishtirok etib, bank tizimidagi yangiliklar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, bank tizimida faoliyat boshlash, amaliyot o‘tash hamda zamonaviy moliya sohasida zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning kasbiy yo‘nalishini belgilashda muhim ahamiyat kasb etib, bank va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.