"Telegram Premium" sovg‘alari haqidagi firibgarliklardan ogoh bo‘ling!
"Biznesni rivojlantirish banki" fuqarolarni Telegram Premium sovg‘alariga oid firibgarlik xabarlaridan ogohlantiradi.
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa Telegram orqali “Sizga Telegram Premium sovg‘a qilindi” mazmunidagi shubhali xabarlar va havolalar tarqalmoqda. Mazkur xabarlar orqali fuqarolarni turli havolalarga o‘tishga undash va shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga qaratilgan firibgarlik holatlari kuzatilmoqda.
Biznesni rivojlantirish banki barcha fuqarolarni bunday xabarlarga nisbatan hushyor bo‘lishga chaqiradi.
Bank tomonidan quyidagilarga qat’iy amal qilish tavsiya etiladi:
Noma’lum manbalardan kelgan havolalarga o‘tmaslik;
“Telegram Premium sovg‘a qilindi” kabi xabarlardagi havolalar orqali shaxsiy ma’lumotlarni kiritmaslik;
Bank kartasi ma’lumotlari, SMS-kodlar va parollarni hech kimga bermaslik;
Shubhali xabarlar kelganda ularni darhol o‘chirish va havolalarni ochmaslik.
Eslatib o‘tamiz, bank va rasmiy tashkilotlar hech qachon fuqarolardan bank kartasi rekvizitlari, SMS-kodlar yoki parollarni messenjer orqali talab qilmaydi.
Fuqarolarni axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga va internet tarmog‘idagi turli firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirib qolamiz.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Telegram’da xavfsizlikni oshiring: bulutli parolni o‘rnating!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.