Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Tadbirkorlar muammolari eʼtiborda

15.09.2026
2 min

Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 3-sentabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida kambag‘allikn qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish, shuningdek tadbirkorlarning muammolarini bevosita joyida hal etish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki” mutasaddilari hududlarda boʻlib, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini atroflicha oʻrganmoqda. Aniqlangan masalalar tezkor hal etilishi uchun Respublika shtabiga yoʻnaltirilmoqda.

Xususan, Fargʻona viloyati Beshariq tumanida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida bir qator tadbirkorlarning murojaatlari joyida oʻrganildi:

• “Qoraqoʻyli” mahallasi: Danakni qayta ishlash va magʻiz ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi tadbirkor Shoxsanam Dehqonovaning kadastr hujjatlarini yangi tizimga oʻtkazish boʻyicha murojaati nazoratga olindi.

• “Gambay” mahallasi: Qandolatchilik (pishiriqchilik) faoliyatini kengaytirish ishtiyoqida boʻlgan Xoshimjon Abdullayevga 15 mln soʻm miqdoridagi kredit ajratish masalasi ijobiy hal etiladigan boʻldi.

• “Bahmal” mahallasi: Slivani qay tayyorlash va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi “Vally food” MCHJga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari uchun yangi bozorlar topish va sotish geografiyasini kengaytirishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

• “Iftixor” MFY: Qurilish mahsulotlari (kafel yelimi va travertin) ishlab chiqaruvchi “Shukronaxon istiqbol asri” oilaviy korxonasining faoliyatini kengaytirish uchun qoʻshimcha yer/joy ajratish masalasi oʻrganib chiqilmoqda.

Bank jamoasi har bir tadbirkorning ortida yangi ish oʻrinlari va oilalar farovonligi turganini anglagan holda, toʻsiqlarni bartaraf etish va aholi biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashda davom etadi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.