Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar Namanganda davom ettirildi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Baxromxo‘ja Sharipov Namangan Viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani va Davlatobod shahri tadbirkorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita joyiga chiqib oʻrganish, ularni tezkorlik bilan hal etish hamda aholini daromadli mehnat bilan bandligini oshirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish va bu borada aniqlangan muammolarning tizimli yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat bo'ldi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27-28-aprel kunlari Fargʻona viloyatiga qilgan tashriflari davomida tijorat banklari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan:
Hududlarni kambagʻallik va ishsizlikdan holi hududga aylantirish;
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini kengaytirish;
Biznes vakillarining faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish.
Shuningdek, muloqotda ishsiz fuqarolar bandligini taʼminlash boʻyicha jahon tajribasini oʻrganish va tatbiq etish, aholi bandligini oshirishda zamonaviy IT texnologiyalari hamda sunʼiy intellektdan keng foydalanish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish borasida o‘zaro fikr va mulohazalar bildirildi.
Ochiq muloqot davomida murojaat etgan Uchqo‘rg‘on tumani va Davlatobod shahri tadbirkorlarining bank faoliyatiga doir muammolari joyida hal etildi.
Boshqa yo‘nalishlardagi masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar esa qat'iy nazoratga olinib, ularga qisqa muddatlarda yechim topish boʻyicha bankning hududiy boshqarma boshligʻi, Bank xizmatlari markazlari (BXM) boshqaruvchilari hamda tegishli tarkibiy boʻlim boshliqlariga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Barcha yangiliklar
Korporativ biznes menejerlari uchun treningi oʻtkazildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.