Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi rahbariyati tomonidan joylarda tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda aholi bandligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu amaliy chora-tadbirlar doirasida bank Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Shahzod Yusupov Yakkabogʻ va Koʻkdala tumanida tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuv hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes subyektlarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarni oʻrganish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish, imtiyozli kreditlar ajratish va biznes faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli masʼullarga vazifalar belgilandi.
Barcha yangiliklar
Baliqchi tumani tadbirkorlari bilan ochiq muloqot
“Yoshlar tashabbuslari marafoni” boshlandi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.