Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Rahbar faoliyati

Sun’iy intellekt va raqamlashtirish — TATU talabalari bilan ochiq muloqot

05.03.2026
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” rahbariyati tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi uchrashuv TATU (Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti) talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.

Unda bank boshqaruv raisining o'rinbosari Nizomiddin Abbosov bank tizimida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, xizmatlarni raqamlashtirish jarayonlari, shuningdek ushbu yo‘nalishlar uchun malakali yosh mutaxassislarni ishga jalb qilish masalalari haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuv doirasida “Biznesni rivojlantirish banki”da stajirovka o‘tashga qiziqish bildirgan 80 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar uchun Inson resurslarini boshqarish (HR) departamenti tomonidan tanlov jarayonlari tashkil etildi hamda dastlabki test sinovlari o‘tkazildi.

Shuningdek, Axborot texnologiyalari departamentining malakali mutaxassislari ishtirokida suhbat jarayonlari ham aynan shu yerning o‘zida o'tkazildi - bankda amaliyot o‘tash uchun eng munosib nomzodlar tanlab olindi. Tanlovdan o'tgan bitiruvchilarga stajirovka davomida bank tomonidan stipendiya to'lab boriladi.

Ushbu tashabbus yoshlarning kasbiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy bank tizimi va raqamli yo‘nalishlarga jalb etish, shuningdek, bankning kelajakdagi malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.