Stol tennisi. Sport — kuch, jamoaviylik va g‘alaba ruhi
2026-yil 28-mart kuni O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tomonidan tijorat tashkilotlari va banklar o‘rtasida “O‘zbekiston korporativ kubogi” doirasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi ham mazkur nufuzli musobaqada faol ishtirok etib, 128 nafar ishtirokchi orasida yuqori natijalar qayd etdi. Jamoamiz dastlabki ikki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tib, kuchli 32 talikdan joy oldi.
Musobaqaning keyingi bosqichlarida ham munosib ishtirok etgan BRB jamoasi kuchli raqiblar ustidan g‘alabalar qozonib, chorak final — kuchli 8 talik safigacha yetib bordi. 1/4 final bosqichida murosasiz bahs olib borgan jamoamiz musobaqani aynan shu bosqichda yakunladi.
Jamoamizning faolligi, jamoaviy ruhi va yuqori darajadagi o‘yini alohida e’tirofga loyiq. Ushbu natija bank xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Karyera kuni: talabalar bilan uchrashuv
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.