Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Stol tennisi: “Jurnalistlar kubogi – 2026” g‘oliblari aniqlandi

20.06.2026
3 min

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Stol tennisi federatsiyasi hamda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamkorligida “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan “Jurnalistlar kubogi – 2026” turniri tashkil etildi.

Mazkur sport tadbiri mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni jismoniy tarbiya va sportga yanada kengroq jalb qilish hamda o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB respublikamizda sportni ommalashtirish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi o‘z an’analariga sodiq qolgan holda, ushbu turnirning yuqori saviyada o‘tishiga munosib hissa qo‘shdi.

60 nafardan ortiq jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillari qatnashgan turnir keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Musobaqa OAV vakillariga sog‘lom raqobat va bayramona kayfiyat ulashdi.

"Jurnalist va blogerlar nafaqat axborot maydonida, balki sport maydonida ham yuqori faollik ko‘rsatishdi. Biznesni rivojlantirish banki jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi hamda ijtimoiy sohani rivojlantirishga xizmat qiladigan bu kabi loyihalarni kelgusida ham doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.", deya ta’kidladi “Biznesni rivojlantirish banki” Axborot xizmati bosh menejeri A.Ravshanov.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar hamda “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bank axborot xizmati

 

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.