Standard Chartered bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Joriy yilining 16 iyun kuni Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida «Biznesni rivojlantirish banki» ATB rahbariyati hamda Standard Chartered bankining Bosh ijrochi direktori janob Sayf Malik boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar davomida tomonlar xalqaro moliya bozorlaridagi soʻnggi tendensiyalar, ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari hamda banklararo munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Xususan, xalqaro qarz bozorlarida ishtirok etish, sinditsirlangan kredit liniyalarini jalb qilish va savdoni moliyalashtirish dasturlarini rivojlantirish boʻyicha fikr almashildi.
Standard Chartered banki delegatsiyasi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va bank-moliya sektoridagi transformatsiya jarayonlarini yuqori baholab, «Biznesni rivojlantirish banki» ATB bilan uzoq muddatli va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Mazkur uchrashuv “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, respublika iqtisodiyotiga uzoq muddatli xorijiy kapitalni jalb qilish hamda xalqaro moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻldi.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.