Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

S&P Global Ratings vakillari bilan uchrashuv

29.09.2026
•
2 min

S&P Global Ratings vakillari mamlakatning suveren reytingini qayta baholash doirasida Biznesni rivojlantirish bankida bo’ldi.

“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi va “Citi” reyting maslahatchilaridan iborat delegatsiya O’zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini qayta baholash doirasida mamlakatimizga tashrif buyurdi. Delegatsiya davlat idoralari, tijorat banklari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy investorlar vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazmoqda.

Tashrif doirasida 28-sentabr kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bosh ofisida delegatsiya bilan bank rahbariyati va mas’ul departamentlar vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda bankning so’nggi moliyaviy ko’rsatkichlari va rivojlanish yo’nalishlari taqdim etildi. Bundan tashqari, bank sektoridagi kredit o’sishi istiqbollari va milliy valyutadagi resurslarning ahamiyati ko’rib chiqildi.

Tomonlar tizimdagi aktivlar sifati, iqtisodiyotni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmlari va ularda bankning o’rni haqida ham fikr almashdi. Suhbat davomida kichik biznesni qo’llab-quvvatlash dasturlari hamda islomiy moliyalashtirish bo’yicha rejalar alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ochiq va konstruktiv muloqot uchun o’zaro minnatdorlik bildirdi. Bunday uchrashuvlar xalqaro reyting agentliklarining O’zbekiston bank tizimi va iqtisodiyoti haqidagi tasavvurini to’liqroq shakllantirishga xizmat qiladi. Delegatsiyaning mamlakatimizdagi uchrashuvlari bugun ham davom etmoqda.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.