Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Rasmiy munosabat

05.12.2025
3 min

A Biznesni Rivojlantirish Bank advertisement features a hand holding money over a table, with a QR code and contact information below.Bank masʼul xodimining kredit mablagʻlarini ajratishda firibgarlik holati sodir etganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Joriy yilning sentabr oyida Surxondaryo viloyati Termiz shahrida boʻlib oʻtgan mazkur holatda bankning sobiq xodimi tomonidan tadbirkorlik subyektiga kredit ajratish jarayonida garov taʼminotini yuqori baholatib berish bilan bogʻliq firibgarlik holatiga yoʻl qoʻyilgan.

Ushbu xodim oldin bir nechta tashkilotlarda, jumladan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasida kredit ajratish bilan bogʻliq boʻlmagan lavozimda qisqa muddat faoliyat yuritgani va jinoiy ish qoʻzgʻatishga asos boʻlgan holat bankimiz faoliyati bilan bogʻliq emasligi maʼlum boʻldi.

Bugungi kunda bankimizda korrupsiyaga qarshi keskin kurashish,  salbiy holatlarning oldini olish, kreditlar ajratish jarayonlarida inson omilini kamaytirish va raqamlashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yuridik va jismoniy shaxslar uchun bank mobil ilovalarida kreditga onlayn ariza berish imkoniyati yaratilgan boʻlib,  kredit ajratish jarayonlari mustaqil “anderrayting” tizimi va uch faktorlik himoya bosqichlaridan oʻtkaziladi.

Shu bilan birgalikda kredit ajratishda qonunchilikka muvofiqlikni nazorat qilish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish maqsadida “complaince control” dasturiy taʼminoti joriy qilingan.  

Joriy yilda bankning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi tashqi auditdan oʻtkazilib, ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiq deb topildi.

Doimiy ravishda mijozlarga xizmatlar koʻrsatish jarayonida  korrupsiya holatlariga duch kelishi yuzasidan mijozlar uchun anonim soʻrovnomalar oʻtkazib kelinmoqda.

Bankda korrupsiyaning har qanday koʻrinishi yuzasidan avtomatik ravishda murojaatlarni qabul qilishga moʻljallangan ishonch liniyalari uzluksiz - 24/7 rejimida faoliyat koʻrsatmoqda.

Shuningdek, bank oʻz faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga intilmoqda. Bu borada jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilinmoqda.

Keng jamoatchilikni, blogerlar va jurnalistlarni korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashishga chaqiramiz.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.