Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Raqamli xavfsizlik va yuqori ishonch eʼtirofi!

14.10.2026
•
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Toshkent shahrida oʻtkazilgan “CSS-2026 Markaziy Yevroosiyo Kiberxavfsizlik sammiti” hamda “Cyberkent 4.0” musobaqasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Ushbu mukofot bankka axborot va kiberxavfsizlik darajasini baholash milliy tizimida yuqori natijalarga erishgani, raqamli infratuzilmani himoya qilish hamda kibertahdidlarga qarshi kurashish borasidagi samarali faoliyati uchun topshirildi.

Kiberxavfsizlikni taʼminlash va raqamli transformatsiya jarayonlarida xavf-xatarlarni oldini olish bugungi bank-moliya tizimining eng muhim va ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan zamonaviy himoya tizimlarini joriy etish, bank amaliyotlari va mijozlar maʼlumotlarining daxlsizligini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Olingan eʼtirof bank axborot xavfsizligi tizimlarining yuqori darajadagi ishonchliligini, shuningdek, koʻrsatilayotgan moliyaviy xizmatlar va mijozlarning shaxsiy maʼlumotlari mustahkam himoya ostida ekanini yana bir bor amalda tasdiqlaydi.

Bank kiberxavfsizlik sohasidagi islohotlarni, axborot tizimlarini muntazam takomillashtirish va raqamli ekotizim barqarorligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kelgusida ham izchil davom ettiradi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.