Raqamli to‘lov — ishonchli tanlov!
Hurmatli fuqarolar! 2026-yil 1-apreldan ko‘plab sohalarda naqd puldan foydalanish bekor qilinadi va to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.
Qayerlarda faqat naqdsiz to‘lov bo‘ladi?
Ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha hisob-kitoblar, faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Ya’ni, uy-joy yoki boshqa ko‘chmas mulk oldi-sotdisida naqd puldan foydalanilmaydi.
Avtomobil sotib olish va sotish bo‘yicha barcha hisob-kitoblar bank orqali amalga oshiriladi. Bu degani, bitimlarni imzolash jarayonida naqd puldan foydalanilmaydi. Yangi tartib hisob-kitoblarni aniq, xavfsiz va huquqiy jihatdan ishonchli qilishga qaratilgan.
Davlat xizmatlarida. Davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Ya’ni, xizmatlar uchun hisob-kitoblar bank tizimi orqali o‘tkaziladi va naqd pul qabul qilinmaydi.
Elektr energiyasi uchun to‘lov. Elektr energiyasi xizmatlari uchun hisob-kitoblar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.
Gaz ta’minotida hisob-kitoblar. Gaz ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovlar naqd pulda qabul qilinmaydi.
Ichimlik suvi. Ichimlik suvi xizmatlari uchun to‘lovlar faqat naqdsiz ko‘rinishda amalga oshiriladi.
Alkogol mahsulotlari savdosi. Alkogol mahsulotlari uchun to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.
Tamaki mahsulotlari. Tamaki mahsulotlari savdosida naqd pul ishlatilmaydi.
Yoqilg‘i uchun to‘lov. Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida to‘lovlar naqd pulda qabul qilinmaydi.
Hisob-kitoblar bank kartalari va elektron to‘lov xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Agar to‘lovni amalga oshirish uchun bank kartangiz yoki boshqa naqdsiz to‘lov vositangiz bo‘lmasa, uni oldindan rasmiylashtirib qo‘yishingiz tavsiya etiladi.
Oldi-sotdi jarayonini kechiktirmaslik uchun to‘lov usulini oldindan aniqlashtiring. Mazkur tartib to‘lov intizomini mustahkamlash va hisob-kitoblarni aniq yuritishga qaratilgan.
Barcha yangiliklar
Telegram’da xavfsizlikni oshiring: bulutli parolni o‘rnating!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.