Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Rahbar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot davom etmoqda

26.03.2026
2 min

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy etilgan Payshanba – yoshlar kuni doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda ochiq muloqot maydonlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur yo‘nalishda bank tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar, talabalar hamda ish boshlayotgan mutaxassislar bilan bir qator uchrashuvlar, o‘quv mashg‘ulotlari va manzilli muloqotlar o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida, bank Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan:

  • kasbiy o‘sish,

  • innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish,

  • ish jarayonini takomillashtirish,

  • ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan taklif va fikrlar bildirildi.

Rahbar tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, dolzarb masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi hamda istiqboldagi rejalar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Ta’kidlanganidek, bankda yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy bilim-ko‘nikmalarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yosh xodimlarning motivatsiyasini oshirish, ularning bank faoliyatidagi ishtirokini yanada faollashtirishga xizmat qiladi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.