Qoʻshrabotda yangi bank xizmatlari markazi ishga tushdi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB aholi va tadbirkorlariga yanada yaqin boʻlib, ular uchun yangi imkoniyatlar yaratishni izchil davom ettirmoqda. Xususan, joriy yilning 10-oktabr kuni Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning yangi bank xizmatlari markazi oʻz faoliyatini boshladi.
Yangi markaz Qoʻshrabot tumani “Kurolos” MFY Mustaqillik koʻchasi, 138-uy manzilida joylashgan.
Ushbu Qoʻshrabot 2-toifali bank xizmatlari markazining tashkil etilishi hudud aholisi va tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlaridan yanada qulay va tezkor foydalanish imkoniyatini yaratish, shuningdek, moliyaviy xizmatlar qamrovini kengaytirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biridir.
Bank xizmatlari markazida jismoniy va yuridik shaxslarga zamonaviy bank xizmatlari koʻrsatiladi. Xususan, mijozlar:
omonat va kredit mahsulotlarini rasmiylashtirish;
toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini amalga oshirish;
bank hisobvaraqlarini ochish va ularga xizmat koʻrsatish;
tadbirkorlik subyektlari uchun biznes loyihalarini moliyalashtirish;
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan moliyaviy xizmatlardan foydalanish;
boshqa zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Markazning ishga tushirilishi, ayniqsa, Qoʻshrabot tumanida tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, yangi biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va aholiga sifatli bank xizmatlarini yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB hududlarda bank xizmatlari infratuzilmasini izchil kengaytirish, mijozlar uchun qulayliklarni oshirish hamda tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Barcha yangiliklar
BRB LIFT — eng yaxshi PR-loyiha
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.