Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Rahbar faoliyati

Qoraqalpog‘iston tadbirkorlari bilan ochiq muloqot

21.10.2025
2 min

2025-yil 20-oktabr kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Boboxon Bobojonov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirokchilar bilan bevosita muloqot o‘tkazildi. Unda tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammolar, shuningdek, yangi loyihalarni moliyalashtirish va bank xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tadbirkorlar tomonidan bildirgan takliflar asosida ularning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, tashrif davomida B.Bobojonov mahallalarga chiqib, mahalla bankirlari va mahalla yordamchi-agentlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Mahalliy tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar jarayonida ularning fikr-mulohazalari tinglanib, mavjud ehtiyoj va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga doir yo‘nalishlar belgilab olindi.

Mazkur uchrashuv hududlarda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, ishbilarmonlar bilan samarali hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va daromadli mehnatni kengaytirishga xizmat qiladi.

Bank axborot xizmati

Barcha yangiliklar

Xabarlar yo'q

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.