Qanlikoʻlliklar kooperatsiya asosida daromad olishni oʻrganadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 3-sentabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan hududlarda aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Xususan, 16-sentabr kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi Raisi Saxi Annaklichev Qanlikoʻl tumanida boʻlib, mahalliy tadbirkorlar, tashabbuskor aholi vakillari bilan uchrashdi hamda yangi kooperatsiya loyihalari va mikrobiznes tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida tumandagi “Arzimbetkoʻm” MFYda istiqomat qiluvchi va oʻz xonadonida kulupnay yetishtirish boʻyicha boy tajribaga ega tadbirkor Ixlasbay Niyetbayev faoliyati oʻrganildi. Tadbirkor bank koʻmagida 100 ta xonadonni kooperatsiya asosida birlashtirib, aholiga kulupnay yetishtirish agrotexnologiyalarini oʻrgatish va tayyor mahsulotni xarid qilish tizimini yoʻlga qoʻyishga tayyorligini bildirdi.
Ushbu tashabbusni tizimli tashkil etish maqsadida bank tomonidan kooperatsiya aʼzolarini oʻqitish uchun maxsus oʻquv markazini tashkil etish hamda jarayonga “Agrostar xolding” korxonasining malakali agronom va mutaxassislarini jalb etishga kelishib olindi.
Shuningdek, Boshqaruv Raisi “Jer altin gʻaziynem” fermer xoʻjaligi rahbari Muratbay Aralbayevning tajriba maydonida boʻldi. Boʻlgʻusi kooperatsiya tashkilotchisi hozirda 70 sotix maydonda yejevika, godji va malina kabi serdaromad meva turlarini hamda 8 gektar maydondagi koʻlda baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻygan. Ushbu tadbirkorning tajribasi va klaster yondashuvi asosida tumandagi 300 ta xonadonni ushbu rezavor va meva turlarini yetishtirishga oʻrgatish va kooperatsiya loyihasini ishga tushirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuvlar yakunida mahalliy tadbirkorlarning tajribasidan keng foydalangan holda aholi xonadonlarida daromadli meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, ularni zamonaviy bіlimlarga oʻqitish hamda kompleks moliyaviy-tashkiliy madad berish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
“Biznesni rivojlantirish banki” — tadbirkorlikka ishonchli kafil!
Barcha yangiliklar
Tadbirkorlar muammolari eʼtiborda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.