Qarshida o‘zgarishlar agentlari uchun navbatdagi trening o‘tkazildi
Qarshi shahrida “Loyihalar va o‘zgarishlarni boshqarish — barqaror boshqaruv tuzilmasini yaratish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Loyihalar va o‘zgarishlarni boshqarish” loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, u bank tizimida zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish, institutsional salohiyatni oshirish hamda o‘zgarishlarni samarali boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Seminar-trening davomida ishtirokchilarga loyihalarni rejalashtirish, amalga oshirish va monitoring qilish jarayonlari, o‘zgarishlarni boshqarishning ilg‘or xalqaro amaliyotlari, shuningdek, barqaror boshqaruv tuzilmasini shakllantirishda yetakchilik va jamoaviy hamkorlikning o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Unda bankning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududiy boshqarmalaridan jalb etilgan o‘zgarishlar agentlari ishtirok etib, ular loyihaning mazmun-mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari hamda bankda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari bilan yaqindan tanishtirilmoqda. Trening doirasida amaliy mashg‘ulotlar, muhokamalar va tajriba almashish sessiyalari ham tashkil etilgan.
Mazkur seminar bank xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, hududiy bo‘linmalarda o‘zgarishlarni samarali tatbiq etish hamda bankning uzoq muddatli strategik rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Diqqat, Onlayn chat!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.