Qanlikoʻlda yangi bank xizmatlari markazi ishga tushirildi
Joriy yilning 13-oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qanlikoʻl tumanida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning yangi bank xizmatlari markazi oʻz faoliyatini boshladi.
Manzil: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qanlikoʻl tumani, Doʻstlik MFY, Dosliq koʻchasi, 51-uy.
Yangi markazning tashkil etilishi hudud aholisi va tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlaridan yanada qulay va tezkor foydalanish imkoniyatini yaratish, shuningdek, moliyaviy xizmatlar qamrovini kengaytirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biridir.
Bank xizmatlari markazida jismoniy va yuridik shaxslarga zamonaviy bank xizmatlarining keng turi koʻrsatiladi. Xususan, mijozlar:
omonat va kredit mahsulotlarini rasmiylashtirish;
toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini amalga oshirish;
bank hisobvaraqlarini ochish va ularga xizmat koʻrsatish;
tadbirkorlik subyektlari uchun biznes loyihalarini moliyalashtirish;
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan moliyaviy xizmatlardan foydalanish;
boshqa zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Markazning ishga tushirilishi, ayniqsa, Qanlikoʻl tumanida tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, yangi biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va aholiga sifatli bank xizmatlarini yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB hududlarda bank xizmatlari infratuzilmasini izchil kengaytirish, mijozlar uchun qulayliklarni oshirish hamda tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Barcha yangiliklar
“Loyihalar fabrikasi” orqali tadbirkorlik gʻoyalari hayotga tatbiq etilmoqda
O‘zbek tili bayramida “Ommaviy diktant” g‘oliblari taqdirlandi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.