O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Afrikaga eksport qilinadi
Agrar sohaga zamonaviy tendensiyalar, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, yaxshi natijalarga erishishda xalqaro hamkorlik ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Ayni shu maqsadda, Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha kengash raisi Saxi Annaklichev, "Turonbank" ATB raisi Ch. Mirzayev, "Uzagrostar xolding" direktori F. Muxiddinov hamda "Bulung‘ur – Agro Star" direktori M.Bozorboyev ishtirokida Misr davlatiga xizmat safari tashkil etildi.
Kartoshka yetishtirishning mini-tuganakdan tortib, mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishgacha bo‘lgan barcha bosqichi bo‘yicha tajriba almashish safar dasturidan o‘rin egallagan.
Yaqin va doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “EFC Plants Tissue Culture S.A.E.” kompaniyasi ijrochi direktori M.Salama bilan memorandum ham imzolandi.
“EFC Plants Tissue Culture S.A.E.” – urug‘lik kartoshka tuganaklarini to‘qima kultivatsiya orqali ishlab chiqaruvchi Misr–Fransiya innovatsion kompaniyasidir.
Memorandum tomonlar o‘rtasida kartoshkachilik, urug‘lik kartoshka yetishtirish, in-vitro texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-innovatsion hamda eksport faoliyati yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli, uzoq muddatli va strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
Unga ko‘ra “EFC” mamlakatimizga 250 mingta Hermes navli kartoshka mini-tuganaklarini yetkazib beradi. Ular orqali Misrning ilg‘or tajribalari asosida urug‘lik kartoshkalar O‘zbekistonda yetishtiriladi. Xorijiy kompaniya hosil olingungacha bo'lgan jarayonlarga mas'ul sifatida 3 nafar ilg‘or mutaxassisini O‘zbekistonga yuboradi.
Bundan tashqari mazkur hujjat quyidagilarni ham o‘z ichiga oladi:
Urug‘lik kartoshka yetishtirishning to‘liq sikli joriy etiladi;
Hamkorlikda mavjud in-vitro laboratoriyalar takomillashtiriladi;
O‘zbekiston–Misr qo‘shma korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, memorandumda Misrda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni O‘zbekiston orqali MDH davlatlariga, O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini esa Misr orqali Afrika davlatlariga eksport qilish ham nazarda tutilgan.
Barcha yangiliklar
Diqqat, Onlayn chat!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.