«Orzu» va «Kafolat plus» omonatlari shartlari o‘zgardi
Hurmatli mijozlar!
Biznesni rivojlantirish banki 2026-yil 6-oktyabrdan boshlab «Orzu» va «Kafolat plus» omonatlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qiladi.
«Orzu» muddatli omonati:
yillik foiz stavkasi bank ofislari va mobil ilovada 15%;
omonatning minimal miqdori 1 000 000 so‘m.
Batafsil: brb.uz/jismoniy-shaxslarga/omonatlar/orzu-deposit
«Kafolat plus» jamg‘arma omonati:
yillik foiz stavkasi bank ofislari va mobil ilovada 14%;
omonat muddati 9 oy;
qo‘shimcha mablag‘ omonat ochilgan sanadan boshlab 1 kalendar oy davomida kiritilishi mumkin;
omonat muddatidan oldin to‘liq qaytarib olinganda saqlangan kunlar uchun foiz quyidagicha to‘lanadi: 1 kundan 180 kungacha 0%, 181 kundan boshlab muddat tugaguncha bank ofislarida yillik 9%, mobil ilovada yillik 10%.
Batafsil: brb.uz/jismoniy-shaxslarga/omonatlar/kafolat-plus-deposit
Yangi shartlar faqat yangi ochilgan omonatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Avval ochilgan omonatlar bo‘yicha shartlar va foiz stavkalari omonat muddati tugagunga qadar o‘zgarmaydi.
Savollar bo‘yicha Aloqa markazi: 1254 yoki (78) 150-00-55.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.